1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp 2028-yilgi saylovlarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan nomzodlarni eʼlon qildi

AQSH prezidenti Respublikachilar partiyasida bir nechta salohiyatli nomzodlar borligini bildirdi.

Tramp 2028-yilgi saylovlarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan nomzodlarni eʼlon qildi

 

AQSH prezidenti Donald Tramp 2028-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan ishtirok etishi mumkin bo‘lgan nomzodlar borligini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, partiya ichida salohiyatli va tajribali siyosatchilardan iborat “yaxshi tarkib” shakllangan.

 

Tramp bu haqda NewsNation nashriga bergan intervyusida so‘zlab, Respublikachilar partiyasida yetarlicha kuchli kadrlar zaxirasi mavjudligini aytdi.

 

“Bizda, albatta, yaxshi zaxira o‘rindig‘i bor. Juda isteʼdodli odamlarimiz bor”, — dedi AQSH yetakchisi.

 

Amerika prezidenti o‘zining ayrim nomzodlari borligini tan olgan bo‘lsada, siyosiy vaziyat o‘zgarib turishi mumkinligini inobatga olib, hozircha ularning barchasini ochiq eʼlon qilishga erta ekanini bildirdi. Shunga qaramay, Tramp vitse-prezident J.D. Vens, davlat kotibi Marko Rubio hamda moliya vaziri Skott Bessentni alohida taʼkidlab o‘tdi.

 

Avvalroq Donald Tramp J.D. Vensni kelgusi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lishi eng ehtimoliy siyosatchi sifatida tilga olgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика