1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp Qozog‘iston prezidentiga Oq uyning “kalitini” yubordi

Shuningdek, AQSH prezidenti Toqayevga o‘z dastxati tushirilgan beysbol kepkasini sovg‘a qildi

Tramp Qozog‘iston prezidentiga Oq uyning “kalitini” yubordi

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga Oq uyning ramziy kaliti hamda o‘z dastxati tushirilgan beysbol kepkasini sovg‘a qildi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Ruslan Jeldibay Telegram kanalida maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, sovg‘alar AQSH prezidenti tomonidan Qozog‘istonning AQSHdagi elchisi bilan uchrashuv chog‘ida, ishonch yorliqlari topshirilganidan so‘ng taqdim etilgan. Ushbu tashabbus ikki davlat rahbarlarining noyabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bilan bog‘liq.

 

Donald Tramp Qosim-Jomart Toqayevga o‘zining iliq tilaklarini bildirar ekan, uni xalqaro jarayonlarni chuqur va muvozanatli tushunadigan, tajribali davlat arbobi hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega yetakchi sifatida taʼrifladi.

 

Maʼlumki, Qozog‘iston prezidenti noyabr oyi boshida AQSHga ishchi tashrif bilan borgan. Safar doirasida Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazilgan hamda “C5+1” formatidagi sammitda ishtirok etilgan. Ushbu sammitda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSH vakillari qatnashgan.

 

Tashrif davomida Qosim-Jomart Toqayev AQSH prezidentini yuksak siyosiy tajribaga ega yetakchi sifatida eʼtirof etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика