1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp uni tanqid qilgan telekanallarning litsenziyalarini bekor qilishga chaqirdi

AQSH prezidenti CBS, ABC va NBC telekanallaridagi tungi shou boshlovchilarini ham tanqid qildi.

Tramp uni tanqid qilgan telekanallarning litsenziyalarini bekor qilishga chaqirdi

 

AQSH prezidenti Donald Tramp uni tanqid qilayotgan ayrim Amerika telekanallarining translyatsiya litsenziyalarini bekor qilish masalasini ko‘tarib chiqdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayonot berdi.

 

Prezidentning taʼkidlashicha, ayrim telekanallarning yangiliklar va ko‘ngilochar dasturlari deyarli to‘liq tarzda uning shaxsiga, “Make America Great Again” (MAGA) harakati hamda Respublikachilar partiyasiga nisbatan salbiy ruhda yoritilmoqda.

 

“Agar televideniye yangiliklari va ularning kechki shoulari Prezident Donald Tramp, MAGA harakati va Respublikachilar partiyasiga deyarli 100 foiz salbiy munosabatda bo‘lsa, ularning nihoyatda qimmatli translyatsiya litsenziyalari bekor qilinishi kerak emasmi? Menimcha, ha”, — deb yozdi AQSH prezidenti.

 

Shuningdek, Donald Tramp CBS, ABC va NBC telekanallarida efirga uzatiladigan tungi ko‘ngilochar dasturlar boshlovchilarini ham tanqid ostiga oldi. Uning fikricha, ushbu boshlovchilar isteʼdod yetishmovchiligi, haddan tashqari yuqori gonorarlar va past tomoshabin reytinglari bilan ajralib turadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика