1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turk armiyasi 72 soat ichida Tel-Avivga kiradi

Tahminlar ikki davlat o‘rtasidagi hozirgi siyosiy holatga asoslanib bildirgan.

Turk armiyasi 72 soat ichida Tel-Avivga kiradi

Sonar tadqiqot markazi rahbari va siyosiy tahlilchi Haqon Bayrakchi, Isroil va Turkiya o‘rtasidagi ehtimoliy urush haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar ikki davlat o‘rtasida urush boshlansa, turk armiyasi qisqa vaqt ichida Isroilning eng katta shaharlaridan biri bo‘lgan Tel-Avivga kirib borishi mumkin.

 

Bayrakchi bu tahminni ikki davlat o‘rtasidagi hozirgi siyosiy holatga asoslanib bildirgan. Uning fikricha, Turkiya o‘zining harbiy qudrati va tayyorgarligi tufayli tezda muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Shuningdek, u Turkiyaning geografik jihatdan Isroilga nisbatan o‘ta qulay joylashganligini ham ta’kidlagan.

 

Turkiya o'zining o‘ta kuchli armiyasi va strategik yondoshuvlar bilan Isroilning xavfsizlik tizimlariga katta zarba berishi mumkin. Bayrakchi, shuningdek, urushning salbiy oqibatlarini yoritgan holda, diplomatik yo‘llar orqali muammolarni hal qilishning zarurligini ham ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика