Turkiya xorijiy davlatlar umid qiladigan yirik gaz markaziga aylanmoqda, dedi Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdog‘an.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gaz tranzitini Qora dengiz mintaqasi va Turkiyaga o‘tkazishi mumkinligini aytgan edi. Rossiya rahbari bu g‘oyani Turkiya prezidenti bilan muhokama qilgan.
Putin ziddiyatli tomonlardan biri bilan muloqotni to‘xtatish Turkiyani hozirda energetika inqirozini boshidan kechirayotgan Yevropa davlatlari bilan bir qatorga qo‘yishini ta’kidlagan.
“Turkiyaning muvozanatli siyosati butun dunyoda ma’qullandi. Agar biz tanqidchilarga ergashganimizda, bugun biz ham yevropaliklar kabi kelayotgan qishdan qanday omon qolish haqida o‘ylayotgan bo‘lardik. Biroq Anqara boshqa yo‘lni tanladi, shu sababli gaz bilan bog‘liq muammolar yo‘q”, — dedi Erdog‘an.


