1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan.

Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyaning janubi-g‘arbiy sohilida sodir bo‘lgan 5,8 magnitudali zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana 69 kishi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya "X" ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

 

Vazirning aytishicha, halok bo‘lgan 14 yoshli bola vahima hujumi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. 69 kishi orasida balandlikdan sakraganlar ham bo‘lib, ulardan 46 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, shaharda katta vayronagarchiliklar aniqlanmagan.

 

Zilzila Marmara dengizi yaqinidagi Mug‘la viloyatida mahalliy vaqt bilan soat 02:17 da yuz berdi. Uning epitsentri dengizdan 10,43 km uzoqlikda, 67,91 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila Mug‘la va unga tutash viloyatlarda kuchli sezilgan. Gubernator İdris Akbıyikning so‘zlariga ko‘ra, faqatgina balandlikdan sakraganlar soni 11 nafarni tashkil qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика