Ular Be-200 amfibiya samolyotida qo‘nish chog‘ida halokatga uchragan edi. Bu haqda Kreml sayti xabar berdi.
Avvalroq Putin qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgandi.
Shuningdek, u Turkiya Prezidenti Rejep Tayyib Erdog‘anga samolyot bortida bo‘lgan Turkiya fuqarolarining o‘limi munosabati bilan taʼziya izhor etgan.
- Ishonchim komilki, bu jasur odamlar xotirasi Rossiyada ham, Turkiyada ham abadiy bo‘lib qoladi, - degan Putin.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi yong‘inlarni o‘chirish uchun yuborilgan Be-200 samolyoti 14 avgust kuni qulab tushgan edi. Bortdagi barcha harbiylar halok bo‘lgan, ular rus harbiylari, shu jumladan, afsonaviy uchuvchi Yevgeniy Kuznetsov va turk qutqaruvchilaridir.


