O‘zbekiston fuqarosi F. Ya. 2025-yil iyul oyida ishlash maqsadida Turkiya Respublikasining Istanbul shahriga kelib, Arnautko‘y tumanidagi qurilish obyektlarida kunlik tartibda mehnat qilib kelgan.
2025-yil 29-sentabr kuni ish jarayonida uning sog‘lig‘i yomonlashib, Arnautko‘y davlat shifoxonasiga joylashtirilgan. Davolanish jarayonidan so‘ng, fuqaroning hozirgi sog‘liq holati inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasi Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan zarur tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Natijada, mazkur idoralar ko‘magida fuqaro nazoratchi shifokor hamrohligida O‘zbekistonga qaytarildi.


