1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyaning xalqaro miqyosda tan olingan nomi o‘zgardi

Mamlakat TIV Mavlud Chovusho‘g‘li bu borada BMTga rasmiy so‘rov yo‘llaganini maʼlum qildi.

Turkiyaning xalqaro miqyosda tan olingan nomi o‘zgardi

 

Turkiyaning xalqaro miqyosda tan olingan rasmiy nomi Türkiye tarzida yoziladigan bo‘ldi

 

Vazir bu mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan choralardan biri ekanini qayd etgan.

 

«BMT bosh kotibiga yuborgan maktubimda mamlakatimiz nomi BMTning xorijiy hujjatlarida Türkiye shaklida yozilishi maqsadga muvofiqligini bayon etdim. Ushbu o‘zgarish xayrli bo‘lsin!» – deb yozdi Chovusho‘g‘li.

 

Endilikda xalqaro miqyosdagi rasmiy hujjatlarda Türkiye istilohi qo‘llanadi, Turkey, Turkei, Turquie kabi atamalardan voz kechiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil dekabr oyida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonida  xalqaro ommaviy axborot vositalarida mamlakatning nomini faqat Türkiye shaklida ishlatish haqida hujjat imzolangan. Bu hujjat lafziy birxillikni taʼminlash va xalqaro maydonda “Türkiye” brendini mustahkamlashga qaratilgan qadam deb baholangan. Xususiy sektor, jamoat, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ilmiy doira vakillari va matbuotga ham mamlakat nomini shu tarzda qo‘llash tavsiya etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика