1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkmaniston prezidenti ham O‘zbekistonga keldi

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida Serdar Berdimuhamedovni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Ikki davlat yetakchilari suhbat o’tkazdilar.

Turkmaniston prezidenti ham O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.

 

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov suhbat o‘tkazdilar.

 

Muloqot chog‘ida davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar va ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

 

So‘ng Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boshlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика