Ultimate Fighting Championship (UFC) xalqaro tashkiloti rahbari Dana Uayt jangchilarning UFC turnirlarida o‘z mamlakatlari bayroqlaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilinganini maʼlum qildi. Qaror Rossiya vakillariga ham tegishli.
"Bayroqlar qaytib kelmoqda. Men Meksika Mustaqillik kunida taʼtilda edim va bayrog‘im yo‘qligi meni aqldan ozdirdi. Va bayroqlarni qaytarishimiz kerak deb o‘yladim", - deydi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, UFC Ukrainadagi vaziyat tufayli turnirlarda keskinlik yuzaga kelmasligi uchun 2022 yilning bahorida mamlakat bayroqlarini bekor qilgan.


