1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Urgutda 4 yoshli bola quduqqa tushib ketib, vafot etdi

U to‘yga olib borilgan vaqtida yo‘qolib qolgan.

Urgutda 4 yoshli bola quduqqa tushib ketib, vafot etdi

 

Samarqand viloyatining Urgut tumanida 4 yoshli bola quduq ichiga tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, 26-sentyabr kuni Urgut tumani prokuraturasiga ushbu tumanda yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 25-sentyabr kuni soat 16:00 larda Urgut tumanining “Beshkapa” MFY hududida joylashgan to‘yxonaga 2018-yilda tug‘ilgan nabirasi bilan borganligini va biroz vaqtdan so‘ng qizcha yo‘qolib qolganini bayon qilib, uni topishda amaliy yordam so‘ragan.

 

Arizaga asosan, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari, jamoatchilik vakillari va OAV ishtirokida keng ko‘lamli qidiruv tadbirlari amalga oshirilgan.

 

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida 30-sentyabr kuni mazkur mahalladagi, xuddi o‘sha to‘yxona atrofida bo‘lgan ichimlik suvi qazib olishga mo‘ljallangan 8 metrli quduq ichidan bolaning jasadi topilgan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика