Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, avtobusdagi yoʻlovchilardan biri gaz ballon olib ketayotgan boʻlgan. Aynan shu gaz ballonning portlab ketishi butun avtobusning portlashiga sabab boʻlgan.
Avvaliga portlash terakt deya tahmin qilingan edi. Ammo bu fakt kunning ikkinchi qismiga borib tasdiqlanmadi. Huquqni muhofaza qilish organlari maʼlumotlariga koʻra, avtobus salonida portlovchi modda aniqlanmagan.
Portlash paytida avtobus ichida 35 nafar yoʻlovchi boʻlgan, ularning 19 nafari jarohatlangan. Shifokorlarning maʼlum qilishicha, ulardan 3 nafarining ahvoli oʻta ogʻir, 8 nafarining holati oʻrta ogʻir holatda davolanmoqda. Voqea sabab ikki kishi halok boʻlgan.


