1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Voyaga yetmagan farzandini parvarish qilayotgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi

Nafaqa o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.

Voyaga  yetmagan farzandini parvarish qilayotgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi

 

Xabaringiz bor, koronavirusning yangi shtammi O‘zbekiston hududiga Dubaydan kelgan xorij fuqarosida aniqlangan  va u bilan muloqatda bo‘lgan barcha fuqarolar 14 kunlik karantinga olindi.  

 

Mazkur epidimiologik vaziyatda kam taʼminlangan, imkoniyati cheklangan va boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga har tomonlama modiy va maʼnaviy ko‘mak berish ko‘zda tutilgan.

 

Koronavirus bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi oqibatida karantinga olingan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi 

 

Shu bilan birga koronavirus bilan zararlanib, karantinga joylashtirilgan 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (uning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Covid-19 bilan bog‘liq chatbot ishga tushgani hamda nogiron farzandi bor onalarga pensiyaga chiqishida qanday imtiyozlar belgilanganligi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика