1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik ota-o‘g‘il qidiruvga berildi

Ular “Yagona xalifalik davlati” qurish niyatida xorijga chiqib ketgan.

Xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik ota-o‘g‘il qidiruvga berildi

 

“Yagona xalifalik davlati” qurish niyatida xorijga chiqib ketgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 2006 yilda 57 yoshli erkak T.m. Toshkentdagi sheriklari bilan birga vahhobiylik diniy ekstremistik oqimiga aʼzo bo‘lgan. Ular jamoat yig‘ilishlari tashkil etib, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan adabiyotlardan taʼlim olib, Yer yuzida yagona xalifalik davlati barpo etish maqsadida daʼvatlar qilib kelgani aniqlangan.

 

2007 yilda noqonuniy jamoat tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yilganidan so‘ng erkak jinoiy javobgarlikka tortilishdan qo‘rqib, 1992 yilda tug‘ilgan o‘g‘li O.H. bilan Turkiyaga chiqib ketgan. 2015 yilga kelib u o‘g‘li bilan birga Suriyaga borib, “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilgan. 2018 yilda ular boshqa xalqaro terrorchilik tashkiloti — “Tavhid va jihod katibasiga aʼzo bo‘lgan.

 

Ushbu ota-o‘g‘ilga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular qidiruvga berilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика