1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy harbiy olimlari cheksiz o‘q otadigan lazer quroli yaratganini maʼlum qildi

Agar daʼvolar to‘g‘ri bo‘lsa, bu Xitoy lazer qurollarini yaratish bo‘yicha AQSHni ortda qoldirganini anglatadi.

Xitoy harbiy olimlari cheksiz o‘q otadigan lazer quroli yaratganini maʼlum qildi

 

Hunan provinsiyasidagi Milliy mudofaa texnologiyalari universiteti tadqiqotchilari yuqori energiyali lazerlarning qizib ketmay ishlashiga imkon beruvchi sovutish tizimini ishlab chiqishgan, deb xabar bermoqda South China Morning Post. 

 

Maqolada aytilishicha, lazer nurlari havodagi gazni qizdirishi mumkin, bu esa nur sifatini pasaytirishi va lazer kamerasi shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Ushbu muammoni hal qilish uchun olimlar kameradan toza gazni o‘tkazadigan va chiqindi issiqlikni olib tashlaydigan tizimni ishlab chiqdilar. Bu ularga lazerni yana-da ixcham va samaraliroq qilish imkonini berdi, deb yozadi nashr.

 

"Shu paytgacha Xitoyda havo haroratini dinamik nazorat qilish bo‘yicha ko‘plab ilg‘or ishlanmalar va tadqiqot yutuqlari haqida xabar berilmagan", – deydi South China Morning Post. "Birinchi marta baʼzi dizaynlar va sinov natijalari ommaga oshkor etildi".

 

Kuchli lazer qurollari urush va mudofaa uchun o‘yinni o‘zgartiruvchi texnologiya bo‘lish potensialiga ega, chunki ular uchuvchisiz samolyotlar, raketalar va kichik samolyotlar kabi nishonlarga yaqin yorug‘lik tezligida tutuvchi raketalarga qaraganda arzonroq xarajat bilan zarba bera oladi.

 

“AQSHning ushbu sohadagi muvaffaqiyatsizliklarini hisobga olsak, bu — katta yutuq”, — dedi britaniyalik sobiq harbiy amaldor Stiv Uiver nashr kutilganlarni to‘liq oqlamagan AQSH harbiy tizimlari haqida gapiradigan hisobotini taʼkidlab.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика