Xitoyning Xebey provinsiyasida kuchli suv toshqini qurbonlari soni 29 kishiga yetdi, 16 kishi bedarak yo‘qoldi, deya xabar bermoqda mahalliy OAV.
Iyul oyi oxirida Xitoyning shimoliy hududlarida kuchli yog‘ingarchilik boshlandi. Pekin va unga yaqin joylashgan Xebey provinsiyasi o‘tgan haftadan buyon yomon ob-havo taʼsiridan aziyat chekmoqda. Poytaxtda yog‘ingarchilik miqdori 140 yillik kuzatuvlar davridagi rekord darajada edi.
Pekindagi suv toshqini qurbonlari soni hozirda 33 kishini tashkil etmoqda, 18 kishi bedarak yo‘qolgan. Umuman olganda, metropolda 1,29 million aholi suv toshqinidan jabr ko‘rgan, 59 ming uy qulagan, yana 147 ming kishi jiddiy zarar ko‘rgan. Bundan tashqari, mahalliy OAV Rossiya bilan chegaradosh Jilin provinsiyasida 14 kishi suv toshqini qurboni bo‘lganini xabar qildi.