1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda aliment to‘lovchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Yarmarkada 6 ta korxona, muassasa va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etgan.

Xorazmda aliment to‘lovchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Majburiy ijro byurosi Urganch tumani bo‘limi tomonidan ishsiz aliment to‘lovchilarning bandligini taʼmilash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

 

Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan joylarda aliment to‘lovchi ishsiz qarzdorlarni ish bilan taʼminlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

 

Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan navbatdagi yarmarkada 6 ta korxona, muassasa va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan 15 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

 

Natijada 3 nafar ishsiz fuqoraning bandligi taʼminlanib, 12 nafariga mehnat munosabatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика