Saudiya Arabistoni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni to‘xtatishga ko‘mak berishga tayyor. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon As-Saud maʼlum qilgan.
Diplomat bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv vaqtida aytgan. U Saudiyaning ushbu masaladagi pozitsiyasi xalqaro huquqqa asoslanganini taʼkidlagan. Faysal bin Farxon As-Saud inqirozni bartaraf etish, xavfsizlikni taʼminlash va barqarorlikni qaror toptirishda siyosiy qarorlar muhimligini qayd etgan.
Shuningdek, tomonlar Saudiya Arabistoni va Rossiya munosabatlari hamda mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan.
Avvalroq Vengriya ham Rossiya-Ukraina muzokaralarida vositachi bo‘lishga tayyorligini maʼlum qilgandi.


