1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi o‘quv yili boshlanish sanasi ma'lum bo'ldi

Akademik litsey o‘quvchilari va oliygohlarning 1-kurs talabalariga 3-sentabrdan, yuqori kurslarga esa 8-sentabrdan boshlanadi.

Yangi o‘quv yili boshlanish sanasi ma'lum bo'ldi

2025/2026-o‘quv yilining boshlanish sanalari belgilandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘iga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylarda dars mashg‘ulotlari turlicha sanalarda boshlanadi.

 

Qarorga ko‘ra, akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalariga yangi qabul qilingan 1-bosqich talabalari 3-sentabrdan o‘qishni boshlaydi. Yuqori kurs talabalari uchun esa o‘quv yili 8-sentabrdan boshlanadi.

 

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida birinchi kurs talabalari uchun “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi va “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ular davomida talabalarga ta’lim jarayoni, kredit-modul tizimining afzalliklari, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish va akademik halollik qoidalari haqida batafsil tushuntirishlar beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика