1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi tashkil etilayotgan agroklasterlar oliygohlar bilan hamkorlik qiladi

Shuningdek, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti tashkil etiladi

Yangi tashkil etilayotgan agroklasterlar oliygohlar bilan hamkorlik qiladi

 

Prezident "Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

 

Unga ko‘ra, qaror bilan 2023 yil 1 sentyabrdan:

 

  • oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini tashkil etishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi;

  • qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi muammolar bo‘yicha ilmiy loyihalar va dissertatsiyalar mavzulari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishiladi. 

  • Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya taʼlim tizimiga  ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi. O‘quvchilar 1- va 5-sinfdan qabul qilinadi.

 

Shuningdek:

 

  • Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

  • idoralararo Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazi;

  • dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi tashkil etilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика