Yevropada jamoat binolari fasadidagi chiroqlar o‘chirilib, energiyani tejashga harakat qilinmoqda. Bu haqda “Politico” gazetasi yozmoqda.
Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilganidan so‘ng energiya tanqisligi va narxlarning keskin ko‘tarilishi tufayli hukumatlar shunga majbur bo‘lmqoda.
Germaniyada elektr energiyasini tejash bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, diqqatga sazovor joylarni yoritish vaqtincha taqiqlanadi. Ispaniya, o‘z navbatida, komendantlik soati joriy etdi: endi do‘konlar chiroqlarni o‘chirib, roppa-rosa 22:00 da yopilishi kerak.
Parijda Eyfel minorasidagi chiroqlar ham odatdagidan bir soat oldin o‘cha boshladi. Bundan tashqari, ayrim korxonalar ishlab chiqarishni qisqartirdi.


