Mutaxassislar Yevropaning kuzgi sayohatlar uchun eng arzon beshta davlati ro‘yxatini tuzishdi. Reyting "Travel off Path" tomonidan tayyorlangan.
Birinchi o‘rinda Albaniya. Kichkina Bolqon mamlakati o‘zining toza plyajlari va noyob madaniy merosi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Shu bilan birga, Albaniyadagi mehmonxonada tunashning o‘rtacha narxi 49 dollarni tashkil etadi, besh yulduzli mehmonxonada tunash esa o‘rtacha 81 dollarga tushadi. 10 dollarga esa tushlik qilish mumkin.
Polsha ikkinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatdagi kafelarda siz 2 dan 4 dollargacha bir chashka qahva ichish mumkin. Restoranda tushlik 4 dan 8 dollargacha tushadi. Mehmonxonada bir kechaning o‘rtacha narxi 54 dollarni tashkil qiladi.
Ro‘yxatda uchinchi o‘rinda Latviya bo‘lib, u yerda 23 dollarga ikki kishi ovqatlanishi mumkin. Bir kecha uchun faqat 64 dollar to‘lashingiz kerak.
Reytingda to‘rtinchi o‘rinni ko‘plab meʼmoriy yodgorliklar, gotika meʼmorchiligi va ulkan termal vannalar bilan Vengriya egallagan. Vengriyadagi mehmonxona xonasining o‘rtacha narxi bir kecha uchun 64 dollar, kofe 1,50 dollar, yaxshi restoranda mazali tushlik esa taxminan 10 dollarni tashkil qiladi.
Ro‘yxatni oxirgi o‘rnidan Ruminiya joy olgan. Ruminiyada mehmonxona xonasining o‘rtacha narxi 50 dollarni tashkil qiladi. Tushlik esa bir kishiga o‘rtacha 12 dollarga tushlik qilishingiz mumkin.


