"Bir necha kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng bir qator markaziy va sharqiy Yevropa davlatlarida daryolar sathi ko‘tarildi. Ruminiyaning sharqiy qismida kuchli toshqinlar oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi", — deya xabar beradi Reuters agentligi.
Qayd etilishicha, kelgusi kunlarda mintaqaning katta qismida yana-da ko‘proq yog‘ingarchilik yog‘ishi kutilmoqda. Shu sababli, rasmiylar Chexiya, Polsha, Slovakiya, Vengriya va Germaniya janubida hamda Avstriyaning baʼzi qismlarida aholini ogohlikka chaqirmoqda.
Qayd etilishicha, Chexiya-Polsha chegarasidagi baʼzi shaharlar rasmiylari evakuatsiya ishlarini amalga oshirgan. 2002 yilgi suv toshqinida katta jabr ko‘rgan Chexiya poytaxti Pragada esa suv toshqiniga qarshi to‘siqlar o‘rnatildi.


