Shvetsiyalik faol Greta Tunberg seshanba kuni Londonda o‘tkazilgan falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash namoyishida hibsga olindi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Londondagi politsiya bo‘limi 22 yoshli faol mart oyigacha garov evaziga ozod qilinganini maʼlum qildi. “Prisoners for Palestine” tashkiloti maʼlumotiga ko‘ra, Tunberg “"Men Palestine Action" mahbuslarini qo‘llab-quvvatlayman. Men genotsidga qarshiman” yozuvi tushirilgan plakatni ko‘tarib chiqqan edi. Britaniya hukumati “Prisoners for Palestine” guruhini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.
Namoyish davomida yana ikki kishi binoga qizil bo‘yoq sepgani uchun qo‘lga olingan. Ushbu bino Isroilning “Elbit Systems” mudofaa kompaniyasiga xizmat ko‘rsatuvchi sug‘urta firmasiga tegishli ekani aytilmoqda. Sug‘urta kompaniyasi hozircha holatga izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Tunberg G‘azo sektoriga yordam yetkazishga uringan “Global Sumud Flotilla” tarkibida bo‘lgani uchun Isroil tomonidan ushlanib, deportatsiya qilingan edi.


