1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiyning ko‘ylagi Vashingtonda 100 ming dollarga sotildi

Ushbu mablag‘ Ukrainani tiklash uchun sarflanadi.

Zelenskiyning ko‘ylagi Vashingtonda 100 ming dollarga sotildi

 

Vashington shahrida o‘tkazilgan kimoshdi savdosida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kiygan kashtali kiyim 100 ming AQSH dollariga sotildi. Bu haqda “Meta” nashri xabar bermoqda. 


Ma’lum qilinishicha, prezident “Kashta kuni”da kiygan ko‘ylak xayriya auksioniga qo‘yilgan va “Asters USA” yuridik kompaniyasi tomonidan sotib olingan. 


Auksion “United 24” maxsus platformasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Mazkur platforma Ukraina ehtyojlari uchun xayriya yig‘ishga xizmati qiladi. Yig‘ilgan mablag‘lar Milliy bank hisob raqamlariga o‘tkaziladi va tegishli vazirliklar tomonidan Ukrainaning mudofaa va tibbiyot sohasiga, shuningdek, hududlarni minalardan tozalashga yo‘naltiriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика