The Second Forum of Rectors of Uzbekistan–Italy Universities was held in Rome.
More than 20 contracts have been signed to expand cooperation in the higher education system.

Oʻzbekiston va Italiya universitetlari rektorlarining ikkinchi forumi 2026-yil 18-19-fevral kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida boʻlib oʻtdi. Ushbu ikki kunlik tadbir oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni muhokama qilish va uni muayyan mexanizmlar asosida kengaytirish boʻyicha 20 dan ortiq kelishuvlarga erishish imkonini berdi.
Dastlabki tadbir – forumning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov va Italiya universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini ishtirok etdi. Tomonlar taʼlim va fan sohalaridagi hamkorlik soʻnggi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini taʼkidladilar.
Darhaqiqat, hozirda Toshkentda Turin politexnika universiteti va Piza universiteti filiallarining faoliyat yuritayotgani Oʻzbekiston-Italiya taʼlim aloqalarining samaradorligini koʻrsatadi. Soʻnggi ikki yil ichida 100 dan ortiq professor-oʻqituvchilar Italiyada amaliyot oʻtashdi va 750 dan ortiq talaba italyan tilini oʻrganmoqda, bu esa hamkorlik inson kapitaliga qaratilganidan dalolat beradi.
Forum doirasidagi sessiyalar va uchrashuvlar davomida tomonlar universitetlararo aloqalarni kengaytirish, qo'shma magistratura va doktorantura dasturlarini ishga tushirish hamda akademik almashinuvlarni faollashtirishga alohida e'tibor qaratdilar. Xususan, Erasmus+ dasturi doirasida bugungi kunga qadar qariyb 30 ta qo'shma loyiha amalga oshirilgani, 300 dan ortiq o'zbekistonlik yoshlar Italiya universitetlarida tahsil olayotgani va bunday hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish zarurligi ta'kidlandi.
Forum davomida 2025-yil yanvar oyida eʼlon qilingan qoʻshma ilmiy tanlov natijalari eʼlon qilindi. 199 ta taklif orasidan eng yuqori ball olgan 10 ta loyiha Oʻzbekiston-Italiya qoʻshma muvofiqlashtirish qoʻmitasi tomonidan moliyalashtirish uchun tanlab olindi.
Ushbu tanlov ilmiy aloqalarni haqiqiy qoʻshma tadqiqotlar bosqichiga olib chiqdi. Aniq natijalarga qaratilgan hamkorlik endi muhandislik, sunʼiy intellekt, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, turizm, moda va dizayn kabi ustuvor sohalarda yoʻlga qoʻyilmoqda.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Rimga tashrifi davomida Italiyaning turli universitetlarida tahsil olayotgan bir guruh oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Samimiy suhbat davomida talabalarning oʻquv jarayoni, yashash sharoitlari, ilmiy tadqiqotlari va kelajakdagi rejalari haqida suhbatlar boʻlib oʻtdi. Vazir yoshlarning xorijda sifatli bilim olishi va zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallashi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.
Bundan tashqari, forum doirasida yangi ikki tomonlama shartnomalar imzolandi. Bu hamkorlikning keyingi bosqichida qo'shma ta'lim dasturlari va ilmiy loyihalar sonining sezilarli darajada oshishini anglatadi.
This process reflects Uzbekistan's growing activity in international scientific integration. Especially, the fact that young people acquire modern knowledge and experience abroad and subsequently direct it towards the country's development is of strategic importance.
The two-day forum brought cooperation in higher education, science, and innovation between Uzbekistan and Italy to a qualitatively new stage. Importantly, this round of talks was strengthened by concrete projects, dozens of funded initiatives, and signed agreements.
