Jaziramadan saqlanish uchun tavsiyalar
Yozning jazirama ob-havo kunlarida oftob urmasligi uchun nima qilish kerak?


Qanday kiyinish va ovqatlanish lozim? Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev bu borada qator tavsiyalarni berdi.
Ehtiyot choralari:
- birinchi navbatda boshni quyosh nuridan asrash va oftob urishining oldini olish;
- kunlik ovqatlanish ratsionini yengil hazm bo‘ladigan taomlar hamda meva va sabzavotlar bilan boyitish;
- ko‘proq suyuqlik isteʼmol qilish;
- qahva, shirin gazlangan suvlarni isteʼmol qilmaslik;
- havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan (och rangli) va keng tikilgan kiyimlarni kiyish.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shimcha ravishda ko‘proq dush qabul qilishni tavsiya qilgan. Suv xona xaroratiday bo‘lishi kerak. Muzdek suv bilan yuvinish esa tana harorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib kelishi eslatilgan.







