Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘onistondagi keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatga eʼtibor qaratdi
Shavkat Mirziyoyev 5 iyul, dushanba kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.


Qayd etilishicha, davlat rahbarlari O‘zbekiston—Tojikiston munosabatlarining ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdi hamda mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdi.
Mintaqada Afg‘oniston yo‘nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishiga alohida eʼtibor qaratildi. Yaqin idoralararo muvofiqlashuvni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.
Prezidentlar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni, shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvini o‘tkazish rejasini ko‘rib chiqdi.







