Buxoro turizmiga xalqaro brendlar jalb etilishi mumkin: Saida Mirziyoyeva uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston tarixiy merosga ehtiyotkorona yondashadigan xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilishga ochiq ekani ta’kidlandi.

Saida Mirziyoyeva Buxoroda dunyoga mashhur kurort tarmoqlaridan biri — “Aman Group” raisi Vladislav Doronin hamda “Capital Group” direktorlar kengashi raisi Pavel Tyo bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Buxoroning turizm salohiyatini rivojlantirish, sohaga xalqaro brendlarni jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston tarixiy merosga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ladigan xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilishga ochiq ekanini ta’kidladi. Bunday tashabbuslar mamlakatning sayyohlik salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishi qayd etildi.








