Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Masqatda muzokara o‘tkazdi

Ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Masqatda muzokara o‘tkazdi

 

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said Masqat shahridagi “Al-A’lam” saroyida uchrashuv va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi.

 

Suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar siyosiy muloqot faollashgani, tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Uchrashuvda savdo, investitsiya, transport va logistika, energetika, elektrotexnika, kimyo, tog‘-kon sanoati, shaharsozlik, turizm, qishloq xo‘jaligi, kosmik tadqiqotlar va raqamlashtirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

 

Qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston–O‘mon investitsiya kompaniyasining ustav kapitalini ikki barobarga oshirib, 500 million dollarga yetkazishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, O‘mon mablag‘lari ishtirokida tashkil etilgan Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya jamg‘armasi faoliyatini tez fursatda yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

 

Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish doirasida madaniyat va san’at haftaliklari, yoshlar forumini o‘tkazish, noyob qo‘lyozmalarni raqamlashtirish va birgalikda tadqiq qilish, qadimiy shaharlar o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish taklif etildi.

 

Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish bo‘yicha qaror qabul qildi.

 

Kelishuvlar ijrosini ta’minlash uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va Muvofiqlashtiruvchi kengash mexanizmini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonini O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida Masqat shahrida oliy darajadagi muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkaziladi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.