Lifestyle

2021 yil yozining beauty -trendlari

Yoz moda shaydolarining sevimli mavsumi.

2021 yil yozining beauty -trendlari

 

Chunki bu vaqtda yorqinlik urfda bo‘ladi.

Shuning uchun ham yozgi obrazlarning asosiy o‘ziga xosligi yorqinlik, tandemlar yangiligi vakiyimlarning uyg‘unligi bo‘ladi. Yozgi mavsumning tanlangan ranglarida ham shunga urg‘u beriladi. Xo‘sh, bu yilgi yoz mavsumida nimalar urfda bo‘ladi?

Qizil lab bo‘yog‘i. Moda haftaligi davrida butun dunyo dizaynerlari qizil lab bo‘yog‘iga yangi hayot berishga kelishib olishdi. Klassika tarafdorlari endi urfdan qolgan ko‘rinmaydi.

 

Rangli chiziqlar. Agar ko‘zingizga urg‘u berishni istasangiz, odatiy qora chiziq o‘rniga yorqin ranglardan foydalaning. Shunda har qanday holatda ham eʼtibordan chetda qolmaysiz.

 

Tartibsiz soch turmaklari. Ideal darajada tekislangan yoki jingalak sochlar haqida unuting. Bu mavsumda biroz tartibsiz soch turmaklari urfga kirdi.

 

Pushti rumyana. Rumyanani yonoqlarga surayotganda eʼtiborli bo‘lish kerak, u xuddi tabiiyday ko‘rinishi shart.

 

Soch uchun aksessuarlar. Bu yil tugmali va oddiy qisqichlar, baxmal rezinkalar va boshqa soch uchun taqinchoqlar urga kirgan.   

 

O‘rilgan sochlar. O‘rilgan sochning o‘zi ham yaxshi bezak vazifasini bajarishi mumkin. Yoyilgan sochlar va mayda qilib o‘rilgan bir yoki ikkita o‘ram bu yil trendiga aylandi.

Sharofat Mahmudova

2021 yil yozining beauty -trendlari | Zamon.uz