AQSH gazetasi “Oppog‘oy” bo‘yicha sudlashmoqchi: Shahzoda uxlab yotgan malikadan uning ruxsatisiz bo‘sa olgan
Ertak qahramoni real hayotdagi mojaro markaziga tushib qoldi.


San Francisco Chronicle gazetasi “Oppog‘oy” multfilmi bo‘yicha jiddiy surishtiruv olib borishga kirishdi. Malikani doimiy uyqudan qutqargan shahzoda zo‘ravonlikda ayblanishi mumkin.
14 yoshli ''Oppog‘oy'' va ''Aka-uka Grimmlar'' ertagining o‘ylab topilgan qahramoni AQSHda ayollar huquqlari uchun kurash timsoliga aylanishi mumkin.
Amerikaning San Francisco Chronicle nashri – San-Fransisko va Shimoliy Kalifornidagi eng katta tirajga ega bo‘lgan kunlik gazeta.
“Disneylenddagi yangi “Oppog‘oy” attraksioni mo‘jizani jonlantiradi, ammo yangi muammolarni yaratadi” sarlavhali maqola mualliflari Anaxaymdagi Disneylend 400 kunlik karantidan so‘ng yangilik qilgani, jumladan u yerda “Sehrlangan Oppog‘oyning istagi” nomli yangi attraksion ochilganini yozmoqda.
Ko‘ngilochar bog‘da jonlantirilgan ayrim sahnalar orasida “muhabbat bo‘sasi” sahnasi ham bor. Unda shahzoda Florian malikani vafot etgan deb o‘ylab so‘nggi bor undan bo‘sa oladi, bu esa Oppog‘oyni hayotga qaytaradi.

Tanqidchilarning aytishicha, shahzodaning bu harakati noo‘rin va bolalarga boshqalarning shaxsiy hududlarini hurmat qilishni o‘rgatish kerak.
Gazeta jiddiy ohangda “asarning finalini qayta ko‘rib chiqishga” chaqirmoqda va ertak hamda multfilmni “axmoqona bo‘sasiz” teng huquqlar asosida tugatishni taklif qildi.
Ammo Amerika nashri o‘gay onaning malikani o‘ldirishga urinishi va Oppog‘oyning 14 yoshda turmushga chiqishi haqida hech narsa demagan.
Sharofat Mahmudova







