Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi
15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Istanbulning Bashakshehir tumanida maktab oldida pichoqli hujum sodir bo‘lib, 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi.
Voqea Shayx Shomil Imom Hatip o‘rta maktabi oldida yuz bergan. Ma’lum qilinishicha, boshqa maktabda tahsil oladigan 15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan. Hujum oqibatida 8 nafar o‘quvchi jarohatlangan.
Ulardan birining ahvoli og‘ir, yana ikki nafarining holati o‘rtacha-og‘ir deb baholanmoqda. Jarohatlanganlar shifoxonaga olib ketilgan.
Hodisa vaqtida maktabning ayol qo‘riqchisi hujum qilgan qizni ushlab, zararsizlantirgan. Shundan so‘ng 15 yoshli gumondor politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan tergov boshlandi. Shuningdek, ish bo‘yicha OAV va ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatishga vaqtincha taqiq qo‘yildi.








