Sport

Ayollar futboli. Yosh qizlarimiz mezbon Tojikiston bilan durang o‘ynashdi, eronliklarni esa mag‘lub etishdi

Vakillarimiz so‘nggi uchrashuvni ertaga, afg‘onistonliklarga qarshi o‘tkazishadi.

Ayollar futboli. Yosh qizlarimiz mezbon Tojikiston bilan durang o‘ynashdi, eronliklarni esa mag‘lub etishdi

Ayni paytda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘smir qizlar (U-17) o‘rtasida Markaziy Osiyo jamoalari o‘rtasida «CAFA U17 Womenʼs Championship 2021» xalqaro turniri davom etyapti.

Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va vakillarimiz ishtirok etayotgan musobaqada ikkita tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ilhom Xanjariyev ustozlik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi dastlab maydon egalariga qarshi kurash olib bordi. Respublika “Markaziy” stadionida o‘tgan bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durang natija qayd etishdi. Jamoamizning yagona goliga Leyla Rustullayeva mualliflik qildi. Ikkinchi turda terma jamoamizga musobaqa favoritlari hisoblangan Eron vakillari raqiblik qildi. Uchrashuvda terma jamoamiz muvaffaqiyat qozondi. Leyla Rustullayeva tomonidan kiritilgan ikkita gol yakunda terma jamoamizga g‘alaba olib keldi.

Vakillarimiz so‘nggi uchrashuvni ertaga, afg‘onistonliklarga qarshi o‘tkazishadi.

1-tur. 3 iyul

O‘zbekiston – Tojikiston – 1:1

Gollar: Leyla Rustullayeva (45) - Umida Jalilova (80)

2-tur. 5 iyul

Eron – O‘zbekiston – 0:2

Gollar: Leyla Rustullayeva (40, 73)

3-tur. 7 iyul.

O‘zbekiston – Afg‘oniston.

Ayollar futboli. Yosh qizlarimiz mezbon Tojikiston bilan durang o‘ynashdi, eronliklarni esa mag‘lub etishdi | Zamon.uz