Sport

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Uchrashuvda Sherzod Esanov dubl muallifiga aylandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

 

17 noyabr kuni «Jassim bin Hamad» stadionida o‘tkazilgan bahsda hisob 19-daqiqada ochildi. Saudiya Arabistoni darvozaboni Hamad ash-Shanqitiyning uzatmasidagi xatodan foydalangan Sherzod Esanov to‘pni egallab, uni darvozaga joyladi.

 

Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, saudiyaliklar muvozanatni tiklashdi. Firas al-Buraykan 23-daqiqada jamoasining uchrashuvdagi yagona golini kiritdi. Biroq 35-daqiqada Esanov yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.

 

Ikkinchi bo‘lim boshida Saudiya Arabistoni vakili Ali Lajami Abbosbek Fayzullayevga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun 51-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

 

Shundan so‘ng saudiyaliklar uchrashuvning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishdi. Fayzullayevni esa tez yordam mashinasi orqali shifoxonaga olib ketilgani ma’lum qilindi.

 

Hisob uchrashuv oxiriga qadar o‘zgarmadi va O‘zbekiston terma jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

 

Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro shogirdlari noyabr oyidagi birinchi o‘rtoqlik uchrashuvida Rossiya terma jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Saudiya Arabistoni esa O‘zbekiston bilan bahsdan oldin Janubiy Koreyani 3:2 hisobida mag‘lub etgan edi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.