Salomatlik

Bosh og‘rig‘ida qanday tabiiy mahsulotlar yordam beradi?

bosh og‘rig‘iga qarshi kurashish uchun ko‘p to‘yinmagan OMEGA-3 yog‘ kislotalari bo‘lgan mahsulotlar ham zarur.

Bosh og‘rig‘ida qanday tabiiy mahsulotlar yordam beradi?

Ko‘p hollarda bosh og‘rig‘ini dorilar bilan bartaraf etishning imkoni bo‘lmaydi. “Delish” portali bir qator tadqiqotlar o‘tkazdi va bosh og‘rig‘ida yordam beradigan mahsulotlarni taklif qildi.

Mahsulotlar orasida tarkibida ko‘p miqdordagi foliy kislotasi va magniy bo‘lgan karam va ismaloq yetakchi o‘rinlardan joy olgan. Shuningdek, magniyga shokolad va banan ham boy. 

Taʼkidlanishicha, bosh og‘rig‘iga qarshi kurashish uchun ko‘p to‘yinmagan OMEGA-3 yog‘ kislotalari bo‘lgan mahsulotlar ham zarur. Mutaxassislar bunday vaziyatda losos va avokadoni tavsiya qilgan. 

Shuningdek, riboflavin manbai bo‘lgan qo‘ziqorin ham migrenga qarshi vosita. Shirin kartoshkada beta-karotin, B2, B6 va C vitaminlari, marganes, kaliy va niatsin mavjud. Ularning barchasi bosh og‘rig‘ini kamaytirishga yordam beradi. Lavlagi ham xuddi shunday taʼsirga ega. 

Shuningdek, sabzavotlardan mutaxassislar brokkoliga eʼtibor berishni maslahat berishadi. Qahva ichish ham migrenga yordam beradi, ammo mutaxassislar ogohlantirganidek, ushbu ichimlikni ichishda ehtiyot bo‘lish kerak: kofeinning kunlik isteʼmoli 100 milligrammdan oshmasligi lozim.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Bosh og‘rig‘ida qanday tabiiy mahsulotlar yordam beradi? | Zamon.uz