Boshingiz og‘risa, sochingizni tarang
Og‘riq qanchalik kuchli bo‘lmasin, yengil tamaddidan keyingina dori qabul qilish mumkin.

Ertalabdan boshingizda qattiq og‘riq tursa, darhol og‘riq qoldiruvchi dori ichishga shoshilasiz, shundaymi? Ammo och qoringa ichilgan dori meʼda faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkinligini unutmang. Og‘riq qanchalik kuchli bo‘lmasin, yengil tamaddidan keyingina dori qabul qilish mumkin.

Yaponiyalik olimlar bu vaziyatda oson bir usulni tavsiya etishmoqda. Bosh og‘rig‘ini yog‘och tishli taroq bilan bartaraf etsa bo‘lar ekan. Qanday qilib deysizmi?
Yog‘och tishli taroq yordamida boshning old qismidan orqa tarafga, keyin orqadan oldinga va ikki yon tarafga bir maromda taraysiz. Qon aylanishi yaxshilanishi hisobiga og‘riq asta-sekin kamayadi.
Agar bosh og‘rig‘i qon bosimi ko‘tarilishi yoki qon tomirlar bilan bog‘liq bo‘lsa ham bu muolaja yaxshi samara beradi.







