Lifestyle

Dunyo bo‘ylab sayohat qilishga undaydigan 7 ta ajoyib qahvaxona (foto)

Hamma ishingizni tashlab, sayohat qilishga ilhom beradigan, noodatiy interyerga ega bo‘lgan qahvaxonalar haqida ma’lumot beramiz.

Dunyo bo‘ylab sayohat qilishga undaydigan 7 ta ajoyib qahvaxona (foto)

 

 

Lhong Tou Cafe

Bangkokda joylashgan bu kafeda xuddi kemadagi kabi yuqori yoki pastki qavatda o‘tirishingiz mumkin. Albatta, yuqori o‘rindiqlar tezda band qilinadi, ammo ertalab ulgursangiz, yaxshi stolga buyurtma berishingiz mumkin.

 

Romeow Cat Bistro

Vegancha menyuga ega bo‘lgan Rimdagi ushbu kafe nafaqat nafis taomlari tufayli o‘ziga jalb qiladi, balki bu yerda tushlik, nonushta yoki kechki ovqat paytida juda xotirjam va erkin yuradigan mushuklar bilan birga o‘tirishingiz mumkin.

 

Art-Café Home

Ajoyib manzara, betakror va g‘ayrioddiy interyer, vitraj derazalar, mazali taomlar, mualliflik menyusi va unutilmas bazmlar — bularning barchasi Tbilisidagi Gruziya art-kafesida mujassam, bu joy, shubhasiz, sizga yoqadi.

 

Majestic Cafe

Portu shahrida joylashgan mazkur kafe dunyodagi eng go‘zal binolardan biri hisoblanadi. Darvoqe, aynan shu yerda J.K.Rouling Garri Potter haqidagi birinchi kitobini yozishni boshlagan.

 

Café Florian

Venetsiyaga sayohat qilganlar, albatta, kirib o‘tishi kerak bo‘lgan dunyodagi eng qadimiy kafelardan biri. Bu kafe turli mamlakatlarning turfa xil san’at asarlari va noyob taomlari bilan mashhur.

 

Arts Club Café

Romantika va minimalizmning har qanday estetikasini sevuvchilar uchun ajoyib joy. Bu yerda qadimiy favvoralar manzarasidan zavqlanib, qulay divanlarda o‘tirgan holda nonushta qilishingiz mumkin. Menyu turli xil qahva va taomlarni o‘z ichiga oladi.

 

Indian Cofee House

Kalkuttadagi mazkur qahvaxona nafaqat ajoyib qahvalari bilan, balki interyeri bilan ham hayron qoldiradi. Bu yerda urf-odatlar saqlanib qolgan: ofitsiantlar mustamlakachilik davridagi kabi boshlariga salla o‘rab, klassik forma kiyib yuradi. Qahvaxonaning eskicha dizayni esa kishida o‘zgacha taassurot qoldiradi.

 

Dunyo bo‘ylab sayohat qilishga undaydigan 7 ta ajoyib qahvaxona (foto) | Zamon.uz