Muzlatish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar eʼlon qilindi
Muzlatish mahsulotlarni uzoq vaqt saqlashning samarali yo‘lidir.

Ammo barcha mahsulotlar ham muzlatkich kamerasida saqlanishga mo‘ljallanmagan. Ularni isteʼmol qilish mumkin, ammo taʼmi va foydali xususiyatlari saqlanib qolmaydi.
Bargli ko‘katlar
Bozor yoki do‘kondan salat bargi sotib olganingizda u barra bo‘ladi. Ammo uni muzlatkichda qoldirsangiz u yumshoq yashil massalaga aylanib qoladi. Shuning uchun bargli ko‘katlarni sovutkichning pastki javonida, oldindan yaxshilab quritilgan holda saqlash kerak.
Qovurilgan mahsulotlar
Qovurilgan kartoshka yoki tovuq kabi mahsulotlar ortib qolsa, ularni muzlatkichga solmang. Yaxshisi, shunchaki sovutkichga olib qo‘yib, kun davomida yeyishga harakat qiling. Chunki muzlatkichda qovurilgan mahsulotlar yumoq va taʼmsiz bo‘lib qoladi
Sut va sut mahsulotlari
Bu mahsulotlarni uzoq muddatga, masalan bir haftaga muzlatish mumkin. Ammo ularni eritib, qaynatganingizda kutilganidek bo‘lmasligi mumkin. Ko‘p hollatda sut mahsulotlari suv va qaymoqqa ajralib qoladi.
Barra o‘tlar
Rayhon, petrushka, ukrop kabi barra o‘tlar ham bargli ko‘katlar singari muzlaganidan so‘ng suyuq, yumshoq va taʼmsiz bo‘tqasimon massaga aylanishi mumkin. Undan ovqat tayyorlanishda foydalanib bo‘lmaydi. Ammo agar kattaroq yig‘inga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsangiz va oldindan ko‘katlarni to‘g‘rab muzlatib qo‘ysangiz bo‘ladi.
Xom kartoshka
Muzlatkichda uzoq vaqt saqlangan kartoshka g‘adir-budir va yoqimsiz taʼmli bo‘lib qoladi. Shuning uchun yangi kartoshkani muzlatish tavsiya etilmaydi. Pyure yoki qaynatilgan kartoshkani qisqa muddatga muzlatish mumkin.
Sharofat Mahmudova







