Sport

OFK kubogi. “Nasaf” turkman klubi bilan Qarshida o‘ynaydigan bo‘ldi

OFK Kubogi 1/8 final bahslari sanasi va mezbonlari maʼlum bo‘ldi. Qarshining “Nasaf” klubi 1/8 final o‘yinini 25 avgust kuni Turkmanistonning “Ahal” klubiga qarshi o‘tkazadi.

OFK kubogi. “Nasaf” turkman klubi bilan Qarshida o‘ynaydigan bo‘ldi

 

 

Turkman jamoasi o‘yinni o‘z maydonida qabul qila olmasligini bildirgach, mezbonni aniqlash uchun qurʼa tashlashga hojat qolmadi va OFK o‘yin Qarshida o‘tishini maʼlum qildi.

 

1/8 finaldagi g‘alaba Ro‘ziqul Berdiyev jamoasini Markaziy Osiyo mintaqasi g‘olibi sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri yarimfinalga olib chiqadi. Chunki janub (Maldiv, Hindiston, Bangladesh) va ASEAN (Vyetnam, Tailand, Kamboja, Filippin) jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichi o‘yinlari mezbon hudud topilmagani hamda koronavirusning avj olishi tufayli o‘tkazilmadi.

 

OFK musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasi turnirni qatorasiga ikkinchi yil qoldirishni xohlamadi va o‘yinlarni Janub/ASEAN mintaqasi klublarisiz davom ettirishga qaror qildi. Natijada endi chorakfinal bo‘lmaydi va “Nasaf”da Qarshidagi g‘alaba orqali yarimfinalga yo‘l olish imkoniyati paydo bo‘ldi.

 

“Nasaf” “Ahal”ni mag‘lub etib yarimfinalga chiqsa, 20 oktyabr kuni Honkongning «Li Man Uorriors» klubi bilan bilan to‘qnash keladi. G‘olib bir o‘yinda aniqlanadi va mezbon qurʼa tashlash orqali maʼlum bo‘ladi. 

 

Qarshiliklar finalga chiqqan taqdirda safarda harakat qilishadi. 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi o‘yin birinchi “setka”da g‘olib bo‘lgan arab jamoasi (“Muharraq”, «Al Ahad», “Kuvayt”, «As Salt»dan biri) maydonida o‘tkaziladi.

 

Maʼlumot uchun, “Nasaf” 2011 yil OFK kubogida chempion bo‘lgan. Bu o‘zbek klublarining xalqaro maydondagi yagona rasmiy chempionligi hisoblanadi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

OFK kubogi. “Nasaf” turkman klubi bilan Qarshida o‘ynaydigan bo‘ldi | Zamon.uz