Salomatlik

Ortiqcha vazndan qutilishga ko‘mak beruvchi mahsulot nomi maʼlum bo‘ldi

Avokado yog‘larga boy va u nonushta sifatida foydali bo‘lishi mumkin. Tadqiqot natijalari u ozishga va qonda shakar miqdorining kamayishiga ko‘mak berishini ko‘rsatdi.

Ortiqcha vazndan qutilishga ko‘mak beruvchi mahsulot nomi maʼlum bo‘ldi

Illinoys texnik instituti mutaxassislari  31 nafar ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan insonlar bilan tadqiqot o‘tkazishdi, ularning nonushtasi tarkibi o‘zgartirildi. Ishtirokchilar uch guruhga bo‘lindi. Birinchi guruh butun avokado isteʼmol qilgan bo‘lsa, ikkinchi guruh aʼzolari yarimtasinigina yeyishdi. Oxirgi tarkib aʼzolariga esa bu mahsulot umuman berilmadi.  

Natijalarga ko‘ra, avokadoni ratsioniga kiritgan kishilarning qonida shakar miqdori pasaydi. Nonushtaga butun avokado isteʼmol qilganlar qonida salbiy xolesterin uni tanovul qilmaganlarnikiga nisbatan kamaygani kuzatildi. Mutaxassislar fikricha, erta tongdan avokado isteʼmol qilgan ortiqcha vaznli kishilarning   qondagi shakar miqdori ko‘rsatkichlari va qon tomirlari faoliyati yaxshilanadi

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"