Siyosat

Putin tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat yuzasidan Tojikiston prezidenti bilan gaplashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon telefon orqali muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Putin tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat yuzasidan Tojikiston prezidenti bilan gaplashdi

Maʼlum qilinishicha, muzokaralar davomida prezidentlar tojik-afg‘on chegarasidagi qiyin vaziyatni batafsil muhokama qilgan. O‘z navbatida, Vladimir Putin Tojikistonga ham ikki tomonlama, ham KXCHT doirasida kerakli ko‘makni taqdim etishga tayyorligini taʼkidlagan. 

Qayd etilishicha, muzokaralar davomida Rossiya va Tojikiston rahbarlari strategik sheriklikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash istagini bildirib, turli darajadagi aloqalarni davom ettirishga kelishgan.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

custom img

Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot”: Saida Mirziyoyeva BMTda nutq so‘zladi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTda Afg‘oniston, Orolbo‘yi, ekologiya, bolalar huquqlari, sun’iy intellekt va ayollar huquqlarigacha bo‘lgan qator dolzarb masalalarga to‘xtaldi.

custom img

“Bizga qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqida O‘zbekiston kelgusi yili Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilishini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"