Salomatlik

Tarvuz inson organizmi uchun nimasi bilan foydali?

Tarvuz 90 foiz tabiiy suvdan iborat, shuningdek, uning tarkibida murakkab bo‘lmagan shakar, vitaminlar va minerallar bor. Diyeta tutadiganlar uchun ham tarvuz isteʼmol qilish qo‘l keladi.

Tarvuz inson organizmi uchun nimasi bilan foydali?

Yozda ko‘pchilik tarvuzni sevib isteʼmol qiladi. Tarvuz 90 foiz tabiiy suvdan iborat, shuningdek, uning tarkibida murakkab bo‘lmagan shakar, vitaminlar va minerallar bor. Diyeta tutadiganlar uchun ham tarvuz isteʼmol qilish qo‘l keladi. Tarvuz kam kaloriyali hisoblanadi — 100 gramm uchun taxminan 30 kkal. 

Tarvuzning o‘zi foydalimi yoki sharbati? 

Tarvuz po‘stida pektinlar va kletchatkalar mavjud. Ushbu elementlar toksinlardan xalos etadi, organizmni tozalaydi va oshqozon-ichak traktining to‘g‘ri ishlashini taʼminlaydi. Tarvuzni asosiy ovqatdan keyin isteʼmol qilish yaxshiroq, masalan, desert sifatida. Bunda tarvuzni 200-250 grammdan ortiq yeyish maslahat berilmaydi. 

Agar tarvuzdan sharbat tayyorlasangiz, unda maʼlum miqdorda foydali elementlar qoladi, ammo pektin va kletchatkalar uning po‘sti bilan birga axlat qutisiga ketadi. Bundan tashqari, tarvuzning 2-3 bo‘lagi sizni to‘ydiradi, bir stakan sharbat uchun esa bunday bo‘laklardan juda ko‘p kerak bo‘ladi. 

Diyetologlar mevalarni, shu jumladan tarvuzni ham butunligicha isteʼmol qilishni maslahat beradi. Organizm ularni yangi siqilgan sharbatlarga qaraganda osonroq qabul qiladi. Sharbatlar esa qonda shakar darajasini keskin oshiradi va endokrin tizimining ortiqcha ishlashini talab qiladi. 

Tarvuz organizm uchun nimasi bilan foydali? 

Tarvuz tarkibida B guruhi vitaminlari, A, C vitaminlari, magniy, fosfor, temir va boshqa foydali komponentlar mavjud. U yoshlik va sog‘lom terini taʼminlovchi antioksidantlarga boy. Tarvuz organizmdagi shlaklar va toksinlardan xalos etadi, immunitetni kuchaytiradi, issiq havoda chanqoqni yengishga yordam beradi. Undagi foliy kislotasi yurak faoliyatini yaxshilaydi, karotin esa stressga chidamlilikni oshiradi.

Rushana Sultonova

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Tarvuz inson organizmi uchun nimasi bilan foydali? | Zamon.uz