Tunda isteʼmol qilish foydali bo‘lgan mahsulotlar
Qatiq, yog‘siz tvorog yoki yogurt

Tunda 1-2 stakan qatiq yoki yog‘siz tabiiy yogurt isteʼmol qilish nafaqat ochlik hissini yengadi, balki oshqozon-ichak traktiga foyda keltiradi. Qatiq tarkibida S, A, RR, D va V guruhdagi barcha vitaminlar bor. Qatiq qonni tozalaydi, kislorod balansini normallashtiradi va oshqozon-ichak traktini mikroflorasini yaxshilaydi, buning ustiga immunitetni ham mustahkamlaydi.
Yog‘ darajasi pasaytirilgan pishloq

Pishloq tarkibida turli vitaminlar (A, B1, B2, B12, C, D, E, PP), organizmga foydali kislotalar va mineral moddalarga boy. Buning ustiga pishloq organizm tomonidan yengil o‘zlashtiriladi va hazm qilishni yaxshilaydi. Past kaloriyali pishloq va sabzavotlar tunda ajoyib tamaddi bo‘ladi.
Bodom

28 gramm bodom tarkibida sutkalik fosfor miqdorining 18%, riboflavinning 23%i saqlanadi. Bodom to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyqu sifatiga taʼsir o‘tkazadi. Chunki u melatonin manbai sanaladi va uyquga tayyorlanish haqida signal beradi. Uyqusizlikdan aziyat chekuvchilarga bodom isteʼmol qilish tavsiya etiladi.
Kurka go‘shti

Kurka go‘shti tarkibida oqsil miqdori ko‘p: 28 gramm qovurilgan go‘sht 8 gramm oqsil saqlaydi. Bu modda mushaklar tonusini saqlash va ishtahani muvozanatlashtirishga yordam beradi. Ayrimlar kurka go‘shti isteʼmolidan so‘ng charchoq yoki uyquga moyillik sezishadi. Chunki uning tarkibida triptofan aminokislotasi bo‘lib, u uyqu gormoni melatonin ishlab chiqarilishini yaxshilaydi.
Kivi

Bitta kivi 42 kkal saqlaydi. Ammo uning tarkibida turli oziq moddalari, jumladan sutkalik S vitaminining 71%i mavjud. Kivi xolesterin miqdorini pasaytiradi.
Greypfrut

Greypfrut ozish uchun eng yaxshi sitrus mevasi sanaladi. Shuningdek, u kletchatka manbaidir. Greypfrut tarkibidagi naringin moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Greypfrut uyquzislikdan ham yaxshi davo sanaladi.
Baliq

Baliq go‘shti tarkibidagi katta miqdordagi D vitamini tufayli qadrlanadi. Omega-3 yog‘ kislotalari va D birlashmasi uyqu sifatiga yaxshi taʼsir o‘tkazadi.
Yuqoridagi mahsulotlar nafaqat uyqu sifatiga, balki organizmning umumiy faoliyatiga foydalidir. Ular oziq moddalari, mineral va vitaminlarga boy.







