Sport

Yana bir o‘zbek futbolchisi “Jenoa”ga o‘tishi mumkin

Rossiyalik insayder Nobel Arustamyanning xabariga ko‘ra, “Jenoa” klubi O‘zbekiston terma jamoasi va “Paxtakor” futbolchisi Ibrohimxalil  Yo‘ldoshevni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Yana bir o‘zbek futbolchisi “Jenoa”ga o‘tishi mumkin

 

 

20 yoshli himoyachining transferi shu yozda amalga oshishi mumkin. Muzokara bilan ProSportManagement va Valerio Juffrida shug‘ullanadi. Aynan ular Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tishi bilan shug‘ullangan edi.

 

Agar Yo‘ldoshev Italiyaga o‘tmoqchi bo‘lsa, 2021/22 yilgi mavsumni “Syon”da o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Italiyaga Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan mamlakatlardan keladigan legionerlar bilan bog‘liq shartlardan biri. “Jenoa” rahbariyati Yo‘ldoshevning Shveysariyada o‘tkazadigan bir mavsumi o‘zi uchun foydali bo‘ladi deb hisoblaydi — Yevropaga moslashadi, tilni mukammal o‘rganib, 2022 yilda Genuyaga tashrif buyuradi.

“Jenoa” Eldor Shomurodovni sotishni rejalashtirmayapti. Rahbariyat yana yarim yilda futbolchining narxi oshishini taxmin qilyapti.

 

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev joriy mavsum “Paxtakor” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

 

Eldor Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum A Seriyada 31 o‘yinda maydonga tushib 8 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir o‘zbek futbolchisi “Jenoa”ga o‘tishi mumkin | Zamon.uz