Yevro—2020. Angliya terma jamoasi Germaniyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi
Futbol bo‘yicha Yevro—2020 1/8 finali doirasida Angliya va Germaniya terma jamoalari 29 iyun, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.


Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rtacha tempda kechdi va ikki jamoa darvoza oldida ham deyarli xavfli vaziyatlar bo‘lmadi.
Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib inglizlar bosimni oshirdi. 75-daqiqada Rahim Sterling hisobni ochdi. 86-daqiqada Harri Keyn Angliyaning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa Angliya terma jamoasi chorak finalga yo‘l oldi va u yerda Shvetsiya — Ukraina uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Yevro—2020
1/8 final bahsi
29 iyun, seshanba
Angliya — Germaniya 2:0
Gollar: 1:0 – 75 Sterling, 2:0 – 86 Keyn.
Angliya: Pikford, Shou, Stounz, Uoker, Trippyer, Saka (Grilish, 69), Fillips, Sterling, Rays (Henderson, 88), Maguayr, Keyn.
Germaniya: Noyer, Ginter (Jan, 87), Hummels, Ryudiger, Gozens (Sane, 87), Kimmix, Kroos, Havers, Goretska, Myuller, Verner (Gnabri, 68).
Ogohlantirishlar: Rays (8), Ginter (25), Fillips (45), Gozens (72), Maguayr (77).







