G‘amxo‘r ota-onalar farzandlariga nimalarni olib berishMAydi?
Sizning farzandlaringiz qanday kiyimlarni yoqtirmaydi va nima uchun? Izohlarda qoldiring va maqolani do‘stlaringizga ham ulashing.

1. Dekorativ tugmalar va marjonli kiyimlar

Bolalar kiyimlari dekorativ elementlarga boy bo‘lmasligi kerak. Qiziquvchan bolalar ularni uzib olib, og‘ziga, burniga yoki qulog‘iga solishi mumkin. Shuningdek, oddiy tugmalar ham bolaga xavf tug‘dirishi mumkin, chunki fabrikada tikilgan tugmalar mustahkam bo‘lmaydi. Shuning uchun sotib olayotganingizda har bir tugmaga eʼtibor qarating.
2. Uzun sharf

Bir qarashda oddiy ko‘ringan sharf bolaga xavf tug‘dirishi mumkin. Maydonchada o‘ynayotgan bola osongina o‘z sharfiga o‘ralib qolishi mumkin. Bunday holatda ko‘pincha kattalar yordamisiz qutulib chiqish imkonsiz bo‘ladi. Ayrim mamlakatlarda ota-onalarga bolalarni maydonchaga uzun sharf bilan olib kelish taqiqlangan.
3. Yoqasi tor sviterlar

Bunday sviterlar universal va samaralidir, ammo uning ham minuslari bor. Birinchidan, uni kiyish qiyin: bola bezovtalanadi va asabiylashadi. Shuningdek, tor yoqa qon aylanishini buzishi natijasida bosh og‘rig‘i chaqirishi mumkin.
4. Nur qaytaruvchi elementlarsiz to‘q rangli kiyimlar

Odatda ota-onalar to‘q rangli kiyimlarni tanlashadi, ammo shu bilan o‘z bolalarini xavf ostida qoldirishadi. Bunday kiyimli bolani gavjum joylarda yo‘qotib qo‘yish xavfidan tashqari, qoronqi paytda haydovchilar yo‘ldan o‘tayotgan bolani ko‘rmay qolishlari ham mumkin. Bolaning kiyimida nur qaytaruvchi elementlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.
5. Og‘ir zamonaviy oyoq kiyimlari

Zamonaviy va yorqin oyoq kiyimlari og‘ir va noqulay bo‘lishi mumkin. Ayrim ishlab chiqaruvchilar tashqi ko‘rinishni ustun bilib, bolalar terisining o‘ziga xosligiga eʼtibor qaratishmaydi. Og‘ir va katta krossovkalarda yugurish va o‘ynash noqulay, bolaning o‘zi ham tez charchab qoladi. Poshnasiz, tekis poyabzal tagligi yassioyoqlik rivojlanishi xavfini bir necha barobarga oshirishi mumkin.
6. Katta qalpoqli va quyuq mo‘ynali kurtkalar

Kurtkaning ulkan qalpoqlari ko‘rish imkonini pasaytiradi. Bola atrofdagi hodisalarga to‘g‘ri baho bera olmaydi, bu ayniqsa yo‘lda xavf tug‘diradi. Bundan tashqari, uzun sharflar singari qalpoqlar o‘yin maydonida xavf tug‘dirishi mumkin.
7. Kattalar kiyimlari

Bunday kiyimlar zamonaviy urfga mos, ammo bola uchun noqulaylik tug‘diishi mumkin. O‘ta tor yoki keng kiyimlar bolalarning harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi.
8. Ortopedik oyoq kiyim

Oldin orqa tomoni qattiq, supiantorli va poshnali oyoq kiyimlarni bola yurishni boshlashi bilan kiyintirish tavsiya qilingan. Bunday ortopedik oyoq kiyim balandroq, qattiqroq va og‘irroq bo‘ladi va bolaga noqulaylik tug‘diradi. Hozir sog‘lom oyoqli bolalarga ortopedik oyoq kiyim tavsiya qilinmaydi. Anatomik tuzilishli oyoq kiyimlarni esa har qanday bolaga kiyintirish mumkin.
9. Tor va kichik bosh kiyimlar

Bosh kiyim aniq o‘lchamlarga mos olinishi kerak. Juda katta bosh kiyim tushib ketishi va ko‘rish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Torlari esa nozik terini siqib, peshonada iz qoldirishi, hatto bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin.
Sharofat Mahmudova







