Salomatlik

Bolalarni jazolash va kaltaklash mumkin emas

ota-ona bo‘lish qiyin vazifadir va baʼzan turli muammolar kelib chiqadi.

Bolalarni jazolash va kaltaklash mumkin emas

Tasavvur qiling: bolangiz siz avaylab – asraydigan chiroyli chinni idishni sindirib qo‘ydi yoki uyingiz devorlarini “bejab” qo‘ydi. Jahlingiz chiqib, unga qanday qilib qo‘l ko‘targaningizni bilmay qolasiz.

 

Bu voqea tirikchilik tashvishlari bilan sizning yodingizdan ko‘tarilishi mumkin, ammo bolaning ruhiyatiga qanday taʼsir qiladi? Psixolog Umida Karimova bilan ushbu mavzuda suhbatlashdik.

Albatta, siz bolani hech qachon va hech qanday sharoitda kaltaklash mumkin emasligini eshitgansiz, bilasiz. Lekin ota-ona bo‘lish qiyin vazifadir va baʼzan turli muammolar kelib chiqadi. Bunday paytlarda boshqa yechimlarni izlashga ishonch hosil qilish uchun “imkonsiz” dan ko‘proq narsani xohlaydi odam. Avvalo jismoniy jazolarning sabablari va oqibatlarini tushunish va muqobil tarbiya usullarini topish kerak.

Jismoniy jazo. Ota-ona bolalarni tarbiya maqsadlari uchun o‘z manfaatlari uchun urish kerak bo‘lgan holatlar mavjud deb hisoblaydi. Bu barqarorlik bilan hurmat qilinadigan qoidadir.

Hujum. Ota-ona bolalarni kaltaklashi yaxshi emas, deb hisoblaydi, lekin baʼzi hollarda u nazoratni, sabr-toqatni yo‘qotadi yoki boshqacha yo‘l tutishni bilmaydi. Har bir variant turli xil oqibatlarga olib keladi.

“Men bilan unday gaplashma”, “Senga mumkin emas” kabi so‘zlar bola ruhiyatiga salbiy taʼsir qiladi. U o‘zini keraksiz his qilishi mumkin.

Bolalikda ko‘p jazolanish bolaning psixologiyasiga turlicha taʼsir qiladi. Keling, bugun ularning bir qanchasiga nazar tashlaymiz.

Eng yomoni esa bolani jazolash va uni gaplarini eshitmaslik, “boshqalar mendan yaxshiroq biladi” deb fikr shakllanishiga sabab bo‘ladi. Keyinchalik bola kelajakda ham o‘z istak va xohishlarini aytmaydi. Hattoki, harakat qilmaslikni afzal biladi. Bizning mentalitetda bola necha yoshda bo‘lsa ham bola degan qarash mavjud. Ammo bu noto‘g‘ri. Uni yoshligidan mustaqil bo‘lishga o‘rgatish kerak.

Jazolangan bolalarning baʼzilari ota-onalaridan sir saqlashni boshlaydi. Ularning jazolanishi va doimiy “mumkin emas”lar bolada aslida bu nima ekaniga qiziqish uyg‘otadi. U qiziqqonlik bilan o‘zi nimadir qilishga urinadi. Uning yagona maqsadi ota-onasi bilmasligi, yaʼni jazolanmaslik. Shu sabab yolg‘on gapirishni ham o‘rganadi.

“Kim kuchli bo‘lsa – o‘sha haq”. Jazolovchi kim? Ota yoki ona – kuchli. Jazolanuvchi esa bola – kuchsiz. U buni kichikligidanoq his qiladi. Natijada u kuchli bo‘lishga harakat qiladi. Bu yo‘lda ilk qadamlar tengqurlarini urish, haqoratlash bo‘lsa, keyinchalik beshafqat insonga aylanish ehtimoli paydo bo‘ladi.

“Nima istasang qil – faqat keyin to‘lovi bor”. Bu kabi fikrlovchi bolalar keyinchalik ulg‘ayganda ham hamma narsaning to‘lovi bor deb hisoblaydi. Masalan, onasi taqiqlagan shokoladni yeyish mumkin, faqat keyin kamar bilan kaltaklanishga tayyor turish kerak. U har bir harakat uchun jazolanishi mumkin deb jazoni kutib yashaydi.

“Eʼtibor tortish uchun jazolanib turish kerak”. Bu kabi holat ko‘p bolali oilalarda bo‘lib turadi. Eʼtibor istagan bola (odatda katta farzandlar) turli “qilma” deb taʼqiqlangan ishlarni ataylab qiladi. Shunda jazolansa ham menga eʼtibor beryapti deb hisoblaydi.

Baʼzi bolalar “men hech kimga ishonmasligim kerak” deb hisoblay boshlaydi. Bu esa ota-onasiga ishonchsizlik ruhiyatini beradi. Shu bilan birga bunday bolalar yolg‘iz qolishni istaydi, do‘stlari bo‘lmaydi.

 

Bola xato qilsa nima qilish kerak?

Avvalo ota-onalar “agar shunaqa qilsang jazolayman” degan so‘zni ishlatishni kamaytirishi kerak. Uning o‘rniga bu vaqt va asablarni charchatsa ham o‘zini qo‘lga olib, bolaga nega bu ishni qilish mumkin emasligini to‘g‘ri tushuntirish kerak. Bolalar shirin so‘z va mehr-eʼtiborga muhtoj bo‘ladi, ayniqsa ota-onasiga. Avvalo, xato qilmaslikga o‘rgating. Ammo xato qilganida ham uni jazolash emas, tushunishga harakat qiling. Bola har bir inson xato qilishi mumkinligini va buni to‘g‘rilash mumkinligini tushunsin. Kichikligida berilgan ruhiy zarbalar kelajakda ham uni doim taʼqib qilib, erkinligi va hayotiga taʼsir qiladi.

Bola “mumkin emas” ishlarni qilganida shu vaqtning o‘zida u bilan gaplashmang. Jahlingizdan tushganingizdan keyin gaplashib oling. Bola ham bu vaqtda tushunadi va sizdan uzr so‘raydi.

Farzand uchun ko‘proq vaqt ajratishga harakat qiling. U bilan o‘ynang, eshiting. Gaplashganda bola sifatida emas, kattalar kabi gaplashing.

Uning fikri muhim ekanligini his qilishiga imkon bering. Aytaylik, biron kiyimni u uchun olmoqchisiz, unga ikkita yoki uchta o‘zingiz tanlagan variantni ko‘rsating va farzandingiz o‘zi tanlasin. Bunda bola o‘zining fikri muhim ekanligini his qiladi va o‘zini nazorat qilishni ham o‘rganadi.

Gaplashganda farzandingizning boshi va yelkasi silang. Bu bolani tinchlantiradi va xotirjam qiladi.

Sindirilgan idish, yeb qo‘yilgan shirinliklar fojiali voqea emas. Bular “taʼqiqlangan” bo‘lishi mumkin, ammo bu kabi holatlar bo‘lish ehtimolini hisobga olish kerak. Yeb qo‘yilgan shirinlik uchun urushmasdan, “endi tishing qurtlab ketadi” deb tushuntirish ishlarini olib borish kerak.

Unutmaslik kerakki, bolalar yosh va sho‘x bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda ularni to‘g‘ri tarbiyalash uchun ota-ona o‘zini nazorat qila olishi kerak. Yosh bolasi bo‘lgan onalar to‘yib uxlab olishni unutishmasin. Bu asab tizimiga ham ijobiy taʼsir etadi.

Shahnoza Xoliqova

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Bolalarni jazolash va kaltaklash mumkin emas | Zamon.uz