Salomatlik

Diareyada nima qilish va qanday ovqatlanish kerak?

Diareya va ichburug‘ bir maʼnoni anglatadi, shunchaki ichburug‘ soddaroq, diareya esa ilmiy nom. Diareyadan aziyat chekadigan odamlar aksariyat hollarda suvsizlanish va ozuqa moddalarining ichaklarda yetarlicha so‘rilmasidan aziyat chekadi.

Diareyada nima qilish va qanday ovqatlanish kerak?

 

 

Ich ketishi qancha cho‘zilsa, hayot uchun xavfli bo‘lgan suvsizlanish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi. Odatda diareya biroz davolangandan keyin yoki o‘z-o‘zi ham o‘tib ketishi mumkin. Bu, ayniqsa, ovqatdan yengil zaharlanishda yuz beradi. Tana toksindan shu yo‘l bilan qutulishga harakat qiladi. Ammo ikki kundan keyin ham to‘xtamasa va tez-tez takrorlansa, tibbiy yordam talab qiladigan murakkab muammoga xos simptom bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda nima qilish kerakligi haqida tavsiyalarni eʼtiboringizga havola etamiz.

 

Ko‘proq suyuqlik iching

 

Bu diareyada eng muhim tavsiya hisoblanadi.

 

Nima ichgan yaxshi?

 

Eng yaxshisi — suv ichish. Og‘ir va og‘irdan sal yengil kechadigan diareyada, natriy-kaliy balansini tiklash uchun elektrolitli ichimliklar ichgan yaxshi. Ammo ahvolni yana-da yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan shirin ichimliklardan tiyilgan maʼqul.

 

Nima qilmaslik kerak?

 

Ahvolni bir yaxshilashi, bir yomonlashi mumkinligi sabab sutdan tiyilgan yaxshi. Peshob haydaydigan taʼsiri ko‘rsatuvchi spirtli va kofeinli ichimliklarni ham isteʼmol qilmaslik kerak. Organizmda qancha ko‘p suv saqlansa, shuncha yaxshi. Haddan ortiq issiq va sovuq ichimliklar o‘rniga xona haroratidagisini iching.

 

Probiotiklar

 

Yogurt, kefir va boshqa probiotikli mahsulotlar simptomlarni yengillashtirishi mumkin. Ular, ayniqsa, antibiotik va rotavirusli infeksiyalar bilan davolangandan keyin kelib chiqqan diareyada yaxshi samara beradi. 2015 yil Klinik gastroenterologiya jurnalida eʼlon qilingan maqolada Lactobacillus rhamnosus GG (LGG) va Saccharomyces boulardii probiotiklar shtammi diareyada yaxshiroq yordam berishi maʼlum qilingan. Olimlar buning aniq sababini bilmasa ham fakt o‘zgarmasligicha qoladi — probiotiklar diareyada darhaqiqat samara beradi.

 

Ovqatlanish

 

Guruch, olma (yoki olmali pyure), banan, qotgan non singari mahsulotlarni oshqozon yaxshi qabul qiladi va yaxshi taʼsir qiladi. Ozuqa qiymati unchalik yuqori bo‘lmasa ham diareyaning birinchi kunida bunday parhez o‘ta foydali bo‘lishi mumkin. Simptomlar yengillashganidan keyin meva, sabzavot, go‘sht, yogurt va murakkab uglevodlarni o‘z ichiga oladigan ratsion asosida ovqatlanish kerak.

 

Diareyada yana nimalar yeyish mumkin?

 

  • yog‘siz bulyon;

  • qo‘shimchasiz makaron;

  • kartoshka (po‘sti bo‘lmasligi kerak);

  • konservalangan nok;

  • suli yormasi;

  • qaynatilgan tuxum;

  • yog‘siz va shakarsiz yogurt (yoki kefir)

  • tovuq filesi (yoki mol go‘shti)

  • kreker;

  • achchiq qilib damlanmagan kofeinsiz choy.

 

Nimalardan tiyilish kerak?

 

  • sutli mahsulotlar;

  • yog‘li, qovurilgan, achchiq go‘sht;

  • dukkakli mahsulotlar;

  • yong‘oq va pistalar;

  • loviya va no‘xat;

  • xom sabzavotlar;

  • jo‘xori;

  • sarimsoq va piyoz;

  • chips;

  • konfet va shakar o‘rnini bosuvchilar qo‘shilgan saqichlar;

  • karam va brokkoli;

  • quritilgan mevalar;

  • yong‘oq pastasi;

  • gazlangan ichimliklar.

 

Nima uchun ovqatlanish uchun tavsiyalar aynan shunday bo‘lishi kerak?

 

Mevalar

 

Banan, olma va nok tez hazm bo‘ladi, yo‘qotilgan kaliyning o‘rni va organizmni kletchatkalar bilan to‘ldiradi. Po‘sti hazm bo‘lmasligi va ichaklarga “yoqmasligi” sabab ham olma pyuresi mevasidan yaxshiroq hisoblanadi.

 

Sabzavotlar

 

Odatda organizm uchun foydali bo‘lgan sabzavot tarkibidagi kletchatkalar diareyada teskari taʼsir qilishi mumkin. Shu sabab ham kraxmalli sabzavotlarni isteʼmol qilish, gaz yig‘ilishiga olib keladigan dukkakli, bargli sabzavotlar hamda jo‘xoridan tiyilish kerak.

 

Yormalar va undan tayyorlangan mahsulotlar

 

Shakar, yog‘ va sut qo‘shmasdan tayyorlangan yorma hamda unli mahsulotlar ham diareyada samarali hisoblanadi.

 

Sutli mahsulotlar

 

Diareyada laktoza bilan bog‘liq muammo kuzatilishi sabab ham meʼyorni bilish va kefirni o‘zi bilan cheklanish kerak.

 

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

 

Diareyaning yengil turida katta miqdorda suv va to‘g‘ri ovqatlanishning o‘zi bilan ham chora ko‘rsa bo‘ladi, ammo og‘irroq hollarda mutaxassisga borishni kechga qoldirmaslik kerak.

 

Qanday vaziyatlarda darhol chora ko‘rish kerak?

 

  • Tug‘ilganiga 3 oydan ko‘p bo‘lmagan chaqaloqlarda ko‘ngil aynishi va ich ketishi kuzatilsa;

  • Bolalarda ko‘ngil aynishi va ich ketishi 12 soatdan ko‘pga cho‘zilsa;

  • Bolalar va kattalarda diareya 3 kundan ko‘pga cho‘zilsa.

 

Xavotirlanishga sabab bo‘ladigan simptomlar

 

  • Najasning qon aralash, qora va suyuq bo‘lishi;

  • Ichaklar bo‘shaganidan keyin ham qorindagi og‘riqning o‘tib ketmasligi;

  • Suvsizlanishga xos alomatlar: bosh aylanishi, og‘rig‘i, holsizlanish va peshobning kam ajralishi;

  • Tana haroratining yuqori bo‘lishi.

 

Qanday dori vositalarini qabul qilsa bo‘ladi?

 

Yaxshisi shifokor ko‘rsatmasisiz hech qanday dori qabul qilmang. O‘zboshimchalik qilib jiddiy oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lib qolmang.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.